Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
Deputat mahallada

 Yoshlar yer maydonidagi muammo bartaraf etiladi 

Xalq bilan muloqot va fuqarolar murojaatlarini o‘rganish deputatlik
faoliyatining bosh mezonidir. Shu maqsadda, 18-Taraqqiyot saylov okrugi
deputati B.Nuriddinov fuqarolardan kelib tushgan navbatdagi murojaat asosida
joyiga chiqib, mavjud holatni o‘rgandi.
 

O‘rganish jarayonida Oqtom MFY hududidan oqib o‘tuvchi Toshkanaldan yoshlar
uchun ajratilgan 6 gektar yer maydoniga suv boradigan quvur (truba) yopib
(betonlab) tashlangani aniqlandi.
 

Suv kelmasligi natijasida 6 gektar yer maydonidan foydalanish imkoniyati
cheklanmoqda;
 

Yoshlarning mehnat qilishi va daromad olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda; 

Mazkur holat fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. 

Deputat B.Nuriddinov muammoni joyida tahlil qilib, yerning suv ta’minotini
tiklash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladi. Mazkur holat yuzasidan
tegishli tashkilotlarga zudlik bilan deputatlik so‘rovi yuborilishi va ijrosi
qat’iy nazoratga olinishi ma’lum qilindi.