Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
Mahalliy Kengashlar faoliyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Mahalliy Kengashlar faoliyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Bugun Navoiy shahrida mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, ayniqsa ularning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi hamda Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi kotibiyati hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir davomida mahalliy Kengashlar faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda tizimli, tezkor va ochiq yoritish, aholi bilan onlayn muloqotni kuchaytirish, raqamli platformalardan samarali foydalanish, axborotni sodda va tushunarli tarzda yetkazish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilari tomonidan kontent yaratish, foto va videomateriallardan unumli foydalanish, ijtimoiy tarmoqlarda ijobiy imijni shakllantirish hamda keng jamoatchilik bilan samarali kommunikatsiya olib borish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

Ushbu seminarda Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi raisi Zuxriddin Ro‘ziyev hamda Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi Kotibiyati xodimlari ham faol ishtirok etdilar.

Mazkur seminar mahalliy Kengashlar faoliyatini axborot maydonida yanada faol, zamonaviy va ta’sirchan yoritish borasida muhim tajriba almashuv maydoniga aylandi.

Slide 1 of 5