Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
Tuman Kengashi deputati tomonidan qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

2023-yil 16-iyundagi “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (№ O‘RQ-848) tumandagi ijrosi va aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimining amaldagi holatini o‘rganish maqsadida tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish jarayonida tuman adliya bo‘limi faoliyati atroflicha tahlil qilinib, fuqarolarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, murojaatlar bilan ishlash tizimi, huquqiy targ‘ibot va tushuntirish ishlari holati o‘rganildi.

Shuningdek, “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Zomin huquqiy maslahat byurosi faoliyati bilan yaqindan tanishilib, aholiga ko‘rsatilayotgan bepul yuridik maslahatlar sifati, murojaatlarning ko‘rib chiqilish tezkorligi va samaradorligi alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

↗️ O‘rganish davomida:

— fuqarolarning yuridik yordamga bo‘lgan ehtiyoji;

— bepul yuridik xizmatlardan foydalanish darajasi;

— murojaatlar bilan ishlashdagi mavjud muammolar va kamchiliklar;

— aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Slide 1 of 3