Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
Davomat masalasi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining 2025-yil uchun ish rejasi hamda shahar kengashining sessiya qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Yangihayot” mahallasida joylashgan 18-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning darsga qatnashish jarayoni davomati ko‘rib chiqildi. Xalq deputatlari shahar kengashining deputati U.Abdunazarov maktab sinf xonalarining issiqligi, o‘quvchilarni bilim olishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilganligini o‘rganib chiqdi. Maktabda bugungi kunda ja’mi o‘quvchilar soni 381 nafarni tashkil etib, o‘rganish davrida 20 nafar o‘quvchilar turli sabablarga ko‘ra qatnashmayotganligi ma’lum bo‘ldi. Betob bo‘lgan o‘quvchilarni holidan xabar olish bo‘yicha shahar oilaviy poliklinika rahbariyatiga murojaat etildi. Shuningdek, o‘quvchilarni jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari uchun yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi. Qishgi sovuq kunlarida sport zalida dars mashg‘ulotlari o‘tkazilib kelinmoqda. Biroq, sport zalida voleybol va basketbol o‘ynash uchun sharoitlar yaratilmagan. Ushbu sport turlari uchun sharoitlarni yaratib berish bo‘yicha shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga murojaat etildi.  

Slide 1 of 4