Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTATLIK NAZORATI

 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-Poshxurt saylov okrugidan saylangan deputati Nuriddinov Iskandar Fayzullayevich tomonidan “Poshxurt” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ijtimoiy xodim faoliyati yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi. 

Tashrif davomida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda ularni o‘z vaqtida yetkazib berish jarayonlari atroflicha o‘rganildi. 

Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash tartibi, hujjatlarning yuritilishi, yordamga muhtoj fuqarolar ro‘yxatining shakllantirilishi va nazorat mexanizmlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi bo‘yicha mutasaddi xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi. 

Mazkur deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, shaffoflikni ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning manfaatlarini to‘liq himoya qilishdan iboratdir.  

Slide 1 of 4