Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
“Kadaksin” MFYda ekologik holat o‘rganilib, qurib qolgan archalar bo‘yicha zarur choralar belgilandi

 Bugun mahallada ekologik holatga oid nazorat tadbirlari o‘tkazilib, unda Kadaksin mahalla fuqarolar yig‘ini raisi R.Axmadaliyeva hamda mahalliy Kengash deputati Yo.Tadjiboyeva ishtirok etdi. Tadbir doirasida aholi murojaatlari asosida qurib qolgan archa daraxtlarining holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqildi.Tekshiruv jarayonida qurib qolgan archalarning aniq sabablari mutaxassislar bilan birgalikda atroflicha tahlil qilindi. Daraxtlarning qurishidagi ehtimoliy omillar — suv ta’minotidagi uzilishlar, tuproqning xususiyatlari va agrotexnik talablarga rioya qilinmagan holatlar ko‘rib chiqildi. Ushbu ma’lumotlar asosida muammoni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarni takrorlanmasligi uchun zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. Deputat va MFY raisi tomonidan hududni obodonlashtirish, yangi ko‘chatlar ekish, mavjud yashil maydonlarni muhofaza qilish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borish yuzasidan kelishuvga erishildi. Shuningdek, aholini ekologik madaniyatga yo‘naltirish, ko‘chatlarga to‘g‘ri
parvarish ko‘rsatish va yashil hududlarni asrash bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.Kelgusida hududda yashil maydonlar holatini muntazam monitoring qilish, ekologik muammolarni barvaqt aniqlash va tezkor hal etish mexanizmini yo‘lga qo‘yish belgilandi. Ushbu choralar mahallada sog‘lom ekologik muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 8