Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
Tuman Kengashi deputatlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi:

Tuman Kengashi deputatlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi:

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengash deputatlari G.Shafoatova, K.Abdullayeva va Termiz tuman IIB tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Mayyor N.Safarxojiyevlar Tuman Davlat soliq inspeksiyasida bo‘lib tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini amalga oshirish, ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish hamda xodimlarning halollik va mas’uliyat standartlariga rioya etishini ta’minlash maqsadida navbatdagi o‘rganish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida tashkilotning ichki nazorat tizimi, xodimlar tomonidan amaliyotda halollik va odilona xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya qilinishi, shuningdek, mavjud kamchiliklar va ularning sabablarini aniqlash ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, ba’zi sohalarda kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar va chora-tadbirlar belgilandi.

 Shu jumladan:

• Ichki nazorat tizimini kuchaytirish va uning samaradorligini oshirish;

• Xodimlar orasida halollik va professional intizomni mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha treninglar tashkil etish;

• Korrupsiya va nojo‘ya amaliyotlarning oldini olishga qaratilgan monitoring tizimini joriy qilish.

Tashkilot rahbariyati ushbu tadbirning ahamiyatini yuqori baholab, belgilangan tavsiyalarni tezkorlik bilan amalga oshirish bo‘yicha mas’ul xodimlarga topshiriqlar berdi.

Natijada, tashkilotning faoliyati yanada shaffof, samarali va aholiga xizmat ko‘rsatishda halollik va adolat prinsiplari asosida amalga oshiriladi.

Slide 1 of 6