Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan ezgu ishlar davom etmoqda!
янв.21
Deputat nazorati: hokim yordamchilari faoliyati va kambag‘allikni qisqartirish natijalari
янв.21
Депутат тумандаги "Инсон" ижтимоий хитзматлар маркази фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат маҳалла инфратузилмасини яхшилаш бўйича лойиҳалар билан танишди.
янв.21
Депутат ногирон фуқаролар бандлигини таъминлаш юзасидан ўрганиш олиб борди.
янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга муҳтож оилар турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Депутат томонидан маҳалла еттилиги фаолиятини ўрганилди.
янв.21
Депутат Дастур асосида қурилиш битмай қолган объект холатини ўрганди
янв.21
Депутат томонидан маҳалладаги дорихоналар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан Соҳилобод маҳалласидаги хизмат кўрсатиш масканлари фаолияти ўрганилди.
“Yashil makon” doirasida deputatlar bog‘i tashkil etildi

Yashil makon” doirasida deputatlar bog‘i tashkil etildi

Yurtimizda keng ko‘lamda davom etayotgan atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlar maydonini kengaytirish hamda aholiga qulay ekologik muhit yaratish bo‘yicha ezgu maqsadlarga hamohang tarzda, S.Ayniy mahallasida navbatdagi amaliy xayrli ishlar bajarildi

Xususan, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari tashabbusi bilan mahalladagi avtomobil yo‘li bo‘ylab 120 ta manzarali va ko‘p yillik ko‘chatlar ekildi. Mazkur tashabbus nafaqat hududning ko‘rkini oshirish, balki chang-g‘ubor, shovqin hamda yozgi issiqlikdan himoya qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Ko‘chat ekish jarayonida mahalla faollari, yoshlar va tashabbuskor aholining faol ishtiroki kuzatildi. Ularga ko‘chatlarga to‘g‘ri agrotexnik parvarish ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar berildi, mavsumiy sug‘orish va kuzatib borish masʼuliyati ham belgilandi.

Bu kabi amaliy xayriya va ekologik tadbirlar kelgusida ham izchil davom ettirilishi, har bir hududni yanada obod, yashil va yashash uchun qulay maskanga aylantirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 5