Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат ногирон фуқаролар бандлигини таъминлаш юзасидан ўрганиш олиб борди.
янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга муҳтож оилар турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Депутат томонидан маҳалла еттилиги фаолиятини ўрганилди.
янв.21
Депутат Дастур асосида қурилиш битмай қолган объект холатини ўрганди
янв.21
Депутат томонидан маҳалладаги дорихоналар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан Соҳилобод маҳалласидаги хизмат кўрсатиш масканлари фаолияти ўрганилди.
янв.21
MUROJAT O'RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT O‘RGANDI: NATIJA BOR, ISH BOR!
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
ZARBDOR MFYDA AMALIY ISHLAR VA O‘RGANISHLAR!
Termiz tumanidagi maktabgacha ta’lim sohasida deputatlar tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar davom etmoqda.

Termiz tumanidagi maktabgacha ta’lim sohasida deputatlar tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar davom etmoqda.

Navbatdagi o‘rganish tumandagi 17-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazildi. Ushbu jarayonni Termiz tuman Kengashi deputati Nasiba Ruziyeva boshchiligida amalga oshirildi.

O‘rganish davomida mazkur tashkilotda 135 nafar tarbiyalanuvchi bola ta’lim-tarbiya olayotgani, ularga 19 nafar ishchi-xodim, jumladan tarbiyachilar, yordamchi pedagoglar, oshpazlar hamda texnik xodimlar xizmat ko‘rsatayotgani qayd etildi.

Deputat tomonidan:

bolalarning ta’lim-tarbiya olish sharoitlari,

tarbiyachilarning malaka darajasi,

moddiy-texnika bazasi,

gigiyena va sanitariya qoidalariga rioya qilinishi,

ota-onalar bilan hamkorlik ishlari

batafsil o‘rganildi.

Shuningdek, tashkilot hududida yaratilgan sharoitlar, o‘quv-mashg‘ulot xonalari, ovqatlanish sifati va bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar deputat tomonidan alohida e’tibor bilan ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Deputat Nasiba Ruziyeva ta’kidlaganidek, maktabgacha ta’lim tizimi kelajak avlodni tarbiyalashning poydevori hisoblanadi. Shu bois bu sohaga doimiy e’tibor qaratish, bolalar uchun yanada qulay va samarali ta’lim-tarbiya muhitini yaratish muhim vazifalardan biridir.

Slide 1 of 6