Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
Kengash raisi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Kengash raisi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi Dilfuza Uralova tomonidan joylarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muntazam muloqot o‘rnatish, ularning faoliyatidagi dolzarb masalalarni o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Tashrif Beruniy mahallasida bo‘lib, unda rais “Jasur patirlari” oilaviy korxonasi hamda “Jahongir Ro‘zibek Biznes” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarish jarayonini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahsulot turlarini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Shuningdek, ularning faoliyatida uchrayotgan ayrim tashkiliy va infratuzilma muammolari ham muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur uchrashuv tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, joylardagi tashabbuskor fuqarolar faoliyatini rag‘batlantirish hamda tuman iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 7