Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
O‘zaro hamkorlik va insonparvarlik tashabbuslari — yangi bosqichda

O‘zaro hamkorlik va insonparvarlik tashabbuslari — yangi bosqichda

Bugun Oliy Majlis Senati Raisi, Tanzila Narboyeva AQSHning “The Stirling Foundation” global xayriya fondi rahbari Devid Bednar boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv samimiy va ishonchli muhitda o‘tdi.

Muloqot davomida O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar va yoshlar manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida fikr almashildi.

Tanzila Narboyeva o‘z nutqida ta’kidlaganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimizda insonparvarlik siyosatini amalda ro‘yobga chiqarish, ehtiyojmand aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar bandligini oshirish hamda ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida imkoniyatlarni kengaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

“The Stirling Foundation” rahbari Devid Bednar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi va fond tomonidan mamlakatimizda ijtimoiy soha loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, oilaviy tadbirkorlik va ta’lim yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar gumanitar sohadagi hamkorlikni mustahkamlash, ayollar va yoshlar uchun yangi ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, xayriya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida o‘zaro kelishuvlarga erishdilar.

Bu uchrashuv O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib borayotganini, mamlakatimiz ochiq muloqot va amaliy hamkorlik siyosatiga sodiq ekanini yana bir bor namoyon etdi.

🇺🇿Xalq deputatlari Navoiy shahar kengashi deputati

        Xudoyqulova Nargiza Gaybullayevna

Slide 1 of 1