Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
#Munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-oktabrdagi “Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–186-son Farmoni mamlakatimizda mahalliy boshqaruv tizimini yangi bosqichga olib chiqadigan muhim hujjatlardan biridir.

Mazkur Farmon bilan 2026-yil 1-yanvardan boshlab tajriba-sinov tariqasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomidagi 33 ta hududda, shuningdek, Surxondaryo viloyatining barcha tuman (shahar)larida ijro etuvchi hokimiyat organlarining mahalliy bo‘linmalari tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasiga o‘tkazilishi belgilandi.

Bu yangilik Payariq tumani uchun ham dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib, hokimlik faoliyatini yanada tizimli, mas’uliyatli va fuqarolarga yaqin boshqaruv organiga aylantiradi. Endilikda tuman hokimi nafaqat mahalliy boshqaruvni, balki respublika ijro etuvchi organlarining tuman darajasidagi bo‘linmalari faoliyatini ham bevosita muvofiqlashtiradi. Bu esa qarorlar qabul qilishda tezkorlik, mas’uliyat va natijadorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, ushbu tizim orqali joylarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish, infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining turmush sifatini yaxshilash borasida “bir markaz – bir mas’ul” tamoyili to‘liq joriy etiladi.

Deputat sifatida ushbu islohotni yuksak e’tirof etgan holda, uning amaliy natijalari Payariq tumanida ham xalq manfaatlari yo‘lida ijobiy o‘zgarishlarni olib kelishiga ishonch bildiramiz.

Bu farmon mahalliy boshqaruv tizimini kuchaytirish, xalq bilan davlat organlari o‘rtasidagi masofani qisqartirish va hududlarni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Slide 1 of 1