Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holatini o‘rganildi.

Tashrif davomida deputat mahalliy poliklinika va oilaviy shifokor punktlarida aholi murojaatlari, dori-darmon ta’minoti, tibbiy uskunalar holati hamda shifokor va hamshiralar faoliyatini o‘rganib chiqdi. Shuningdek, aholining tibbiy xizmatlardan qoniqish darajasi, tez tibbiy yordam chaqiruvlariga o‘z vaqtida javob berilayotganlik holati ham tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida deputat tomonidan ayrim tibbiyot maskanlarida mavjud muammolar, jumladan, uskunalarning yangilanishi, dori vositalari zaxirasining yetarli emasligi kabi masalalar aniqlanib, ular yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berildi.

Farhod Abdurahmonov aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sifatli tibbiy xizmatni ta’minlash borasida deputatlik nazoratini davom ettirishini bildirdi. Shu bilan birga, tibbiyot xodimlari faoliyatini rag‘batlantirish, ularning ish sharoitlarini yaxshilash masalalarini tuman Kengashi sessiyasida ko‘tarish rejalashtirilmoqda.

Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, profilaktik ko‘riklarni muntazam o‘tkazish ham deputat e’tiboridagi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi. 

Slide 1 of 3