Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
#Deputat mahallada Jalaquudq tuman Yorqishloq mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligining joriy yildagi ish faoliyati yuzasidan hisoboti tinglandi

 Yorqishloq mahalla fuqarolar yig‘inida joriy yilning 9 oylik faoliyati yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat va tuman Kengashi deputati Quziyev Qobiljon, mahalla faollari, ko‘cha boshilari hamda fuqarolar ishtirok etdilar. Yig‘ilishda mahallada amalga oshirilgan ishlar, yilning dastlabki 9 oyidagi ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar hamda kelgusi rejalar atroflicha muhokama qilindi. Deputat Quziyev Qobiljon yig‘ilish jarayonida mahallaning kun tartibidagi muhim masalalar — obodonlashtirish ishlari, ko‘chalarni tartibga keltirish, aholi ishtirokida amalga oshirilayotgan hasharlar va to‘y-marosimlarni ixchamlashtirish kabi dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, deputat mahalla faollari va ko‘cha boshilariga murojaat qilib, har bir fuqaro manfaatini inobatga olgan holda ish olib borish, aholi bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni puxta tashkil etish lozimligini ta’kidladi. Mahalla — xalq bilan davlat o‘rtasidagi eng yaqin bog‘lovchi bo‘g‘in. Shuning uchun har bir rahbar va faol insonlar bilan muloqotda bo‘lishi, ularning muammolarini eshitib, birgalikda yechim topishi zarur”, — dedi deputat Quziyev Qobiljon. Mahalladagi mavjud muammolarni
bosqichma-bosqich hal etish, muhitni yanada obod qilish va aholi farovonligini oshirish yuzasidan aniq rejalar belgilab olindi.
  

Slide 1 of 4