Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
“Ochiq byudjet” doirasida Quva tumanida zamonaviy sport majmuasi barpo etilmoqda

 “Ochiq byudjet” doirasida Quva tumanida zamonaviy sport majmuasi barpo etilmoqda 

Quva tumanida yoshlar o‘rtasida
sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda sport infratuzilmasini rivojlantirish
borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
 

Shu doirada xalq deputatlari Quva
tumani Kengashi deputatlari Guliston mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan
37-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida qurilayotgan
zamonaviy sport majmuasi — mini stadion qurilish jarayonini o‘rganish maqsadida
tashrif buyurdilar.
 

Ob’ekt qurilishi “Efekt Elegan
Qurilish” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida usti yopiq zamonaviy
mini futbol maydoni, tomoshabinlar uchun qulay o‘rindiqlar, yuvinish va kiyinish
xonalari barpo etilmoqda.
 

Shuningdek, stol tennisi hamda
shaxmat-shashka o‘yinlari uchun mo‘ljallangan maxsus ayvon qurish ishlari ham rejaga
muvofiq olib borilmoqda.
 

O‘rganish jarayonida deputatlar
qurilish ishlari samaradorligini tahlil qilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf
etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdilar.
  

Slide 1 of 5