Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
Oliy Majlis Senatining KQ-220-V sonli Qarori muhokama qilindi.

Oliy Majlis Senatining KQ-220-V sonli Qarori muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashida Senatning Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash qo‘mitasi raisi Bahrom Abdullayev boshchiligida ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi kotibiyati mudiri A.Tagayev, Xalq deputatlari viloyat Kengash raisi Sh.Negmatov, Kengash kotibiyati mudiri S.Usmonov shuningdek, Oliy Majlis Senatining "Oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi KQ-220-V sonli Qarori bilan tasdiqlangan viloyat, shahar va tuman ishchi guruhlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchi yoshlarini ish bilan taʼminlash masalasi muhokama qilindi.

Tanqidiy tarzda o'tkazilgan yig'ilishda, Oliy Majlis Senatining KQ-220-V sonli qarori viloyatda bajarilish holati ancha orqada ekanligi, bu boradagi ishlar joylarda samarali tashkil etilmaganligi aytib o'tildi.

Bitiruvchilar bandligi bo'yicha umumiy viloyat ko'rsatkichidan past bo'lgan hududlarga ogohlantishlar berildi.

Yig‘ilish yakunida masʼul idora va tashkilotlarga bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash bo‘yicha aniq amaliy chora-tadbirlarni ko‘rish vazifasi belgilab berildi.

 ✅@sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 6