Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o'n sakkizinchi sessiyasi 6-oktabr kuni o‘tkaziladi

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o'n sakkizinchi sessiyasi 6-oktabr kuni o‘tkaziladi 

 

⭐️ Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatovning bugun, 3-oktabrda qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, o'n sakkizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:

- viloyatda 2025-2026-yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, ayniqsa, ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida viloyat hokimining o‘rinbosari N.Raxmonovning hisoboti;

-viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i A.Nosirovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-190-son qarorining viloyatdagi ijrosi yuzasidan hisoboti;

- o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;

- jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida;

⚡️ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1