Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi e’tiborda 👮‍♂️
янв.21
Elektr ta’minoti tizimi deputatlar nazoratida ⚡️🏢
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari deputatlar e’tiborida 🌸🏢
янв.21
🏛 Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📩 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” doirasida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati G.A.Berkinova Bog‘don mahallasida joylashgan 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram tadbirida ishtirok etdi..
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Zuhra G‘oziyeva “Xonbandi” mahallasidagi 7-son DMTTda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Asad Ergashev “Oqtom” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA QONUNCHILIK VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI
Oiladagi zo‘ravonlik kechirilmaydi

Oiladagi zo‘ravonlik kechirilmaydi

Ayni kunlarda O‘zbekiston "Adolat" SDP tomonidan joylarda xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni oldini olishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad ularni himoya qilish va huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik. 1.04.2025 kuni Xalq deputatlari Kattaqoʻrgʻon tumani kengashi Adolat SDP deputati D Mirzaxonova mahalla xonadonlarida xotin-qizlar bilan suhbatlashdilar. MFY faollarining tavsiyasiga ko‘ra janjalkash va ma’naviy murabbiy zarur bo‘lgan oilalarga alohida e’tibor qaratildi. Oila boshlig‘i erkaklarga ayolning huquqlari, bola tarbiyasida zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymasligi tushuntirildi. O‘z uyida zo‘ravonlikka uchragan inson kimdan najot istaydi? Oʻsmir qizlar bilan muomalada ehtiyotkorlik zarur. Bu borada ota-onaning mas’uliyati katta. Har bir oilaga bu atroflicha tushuntirildi.

Ushbu xonadonlarda yurishimiz ijobiy samara berdi. Fuqarolar farzand tarbiyasiga e’tiborli bo‘lishlari va zo‘ravonlikka yo‘l bermasliklarini bildirdilar.

   

Slide 1 of 6