Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi e’tiborda 👮‍♂️
янв.21
Elektr ta’minoti tizimi deputatlar nazoratida ⚡️🏢
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari deputatlar e’tiborida 🌸🏢
янв.21
🏛 Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📩 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” doirasida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati G.A.Berkinova Bog‘don mahallasida joylashgan 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram tadbirida ishtirok etdi..
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Zuhra G‘oziyeva “Xonbandi” mahallasidagi 7-son DMTTda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Asad Ergashev “Oqtom” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA QONUNCHILIK VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.

Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.

✅ Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi raisi B.K.Xaitov, kotibiyat xodimlari, tuman Kengashi deputatlari Chorchinor mahallasidan saylangan deputat K.Haydarovlar birgalikda Chorchinor mahallasida mahallasida mavjud infratuzilma holati va aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda Kengash deputatining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.

✅ O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi ichki yo‘llar, elektr ta’minoti, ichimlik suvi, ko‘cha yoritgichlari hamda boshqa kommunal infratuzilma obyektlarining holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning bu boradagi murojaat va takliflari tinglandi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqildi.

✅ Aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini rivojlantirish va fuqarolar murojaatlariga yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib, bu kabi o‘rganishlar muntazam davom ettiriladi.

Slide 1 of 5