Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi e’tiborda 👮‍♂️
янв.21
Elektr ta’minoti tizimi deputatlar nazoratida ⚡️🏢
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari deputatlar e’tiborida 🌸🏢
янв.21
🏛 Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📩 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” doirasida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati G.A.Berkinova Bog‘don mahallasida joylashgan 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram tadbirida ishtirok etdi..
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Zuhra G‘oziyeva “Xonbandi” mahallasidagi 7-son DMTTda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Asad Ergashev “Oqtom” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA QONUNCHILIK VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI
YOSHLAR UCHUN MA’NAVIY-MA’RIFIY TASHRIF TASHKIL ETILDI

Tashrif davomida yoshlar Vatanimiz tarixidagi murakkab davrlar, qatag‘on qurbonlari xotirasi, ajdodlarimizning ilm-ma’rifat, adolat va ozodlik yo‘lidagi fidoyiligi bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur tadbir yosh avlodda tarixiy xotirani mustahkamlash, vatanparvarlik tuyg‘usini oshirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

Deputat Marina Murzametova yoshlar bilan suhbat davomida tarixni chuqur o‘rganish, ajdodlar merosini qadrlash va bugungi tinch-osoyishta hayotning qadriga yetish muhimligini ta’kidladi.

Tadbir “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-son Qonun, “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi 269-II-son Qonun, shuningdek “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi 706-II-son Qonunda belgilangan vazifalar mazmuniga hamohangdir.

✅ Maqsad — yoshlarning tarixiy bilimlarini boyitish, vatanparvarlik ruhini kuchaytirish va ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani mustahkamlashdir.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3