35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi e’tiborda 👮‍♂️
янв.21
Elektr ta’minoti tizimi deputatlar nazoratida ⚡️🏢
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari deputatlar e’tiborida 🌸🏢
янв.21
🏛 Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📩 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” doirasida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati G.A.Berkinova Bog‘don mahallasida joylashgan 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram tadbirida ishtirok etdi..
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Zuhra G‘oziyeva “Xonbandi” mahallasidagi 7-son DMTTda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Asad Ergashev “Oqtom” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA QONUNCHILIK VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI
#deputatlik_faoliyati

#deputatlik_faoliyati

#Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi holati o'rganildi

📍Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati F.Sarmanov, Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyat mudiri B.Baxovadinov, tuman Kengashi deputati D.Zulyarovalar bilan birgalikda "Yangi turmush" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.

📌O‘rganish davomida mahalladagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar holati tahlil qilindi. Shuningdek, yoshlar yetakchisi tomonidan tashkil etilayotgan sport, madaniy-ma’rifiy va kasbiy yo‘nalishdagi tadbirlarning qamrovi hamda natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi.

📌Muloqot jarayonida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni ish bilan ta’minlash, kasbga o‘qitish kurslariga jalb qilish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari eshitildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 1