35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi e’tiborda 👮‍♂️
янв.21
Elektr ta’minoti tizimi deputatlar nazoratida ⚡️🏢
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari deputatlar e’tiborida 🌸🏢
янв.21
🏛 Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📩 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” doirasida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati G.A.Berkinova Bog‘don mahallasida joylashgan 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram tadbirida ishtirok etdi..
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Zuhra G‘oziyeva “Xonbandi” mahallasidagi 7-son DMTTda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Asad Ergashev “Oqtom” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA QONUNCHILIK VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI
Uchtepa tumanida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq navbatdagi 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ilhomov Muxtar Atxamovich, tuman deputatlari, tegishli idoralar rahbarlari, jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi huzuridagi "Ekspert guruhi" a'zolari ishtirok etdi.

🏛 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining mazkur sessiyasida:

🔺 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yil birinchi chorakda yuborilgan deputatlik so‘rovlarining samaradorligi va natijadorligi to‘g‘risida;

✍️ Uchtepa tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan 2026-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurorining axboroti to‘g‘risida;

✍️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “2026-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarorining Uchtepa tumanida birinchi chorakdagi ijrosi to‘g‘risida;

🔺 Uchtepa tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tumanda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish bo‘yicha 2026-yil birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

🔺 Uchtepa tumanida 2026-yil birinchi chorak davomida mahalliy byudjet daromadlarining bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida;

🔺 Uchtepa tumanida Xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish va murojaatlarning ijrosini namunali yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida;

🔺 Uchtepa tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining 2026-yil birinchi chorakdagi ijrosi to‘g‘risida;

🔺 Uchtepa tumanida “Olmazor tumani tajribasi” asosida ishlab chiqilgan loyiha ofislari va yo‘l xaritasini tasdiqlash hamda hokim yordamchilarini loyiha guruhlariga biriktirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida;

🔺 Uchtepa tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahri Uchtepa tumanida mavjud zaxiralarni ishga solish, yangi tizim asosida sanoat va iqtisodiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida;

🔺 Mening bog‘im loyihasi doirasida Uchtepa tumani “Diyorobod” mahallasi hududida “Yashil bog‘” tashkil etish to‘g‘risida;

✍️ “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi masalalar ko'rib chiqildi.

Deputatlar mazkur masalalarni keng muhokama qilib, tegishli qarorlarni qabul qilishdi.

Slide 1 of 9