Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi e’tiborda 👮‍♂️
янв.21
Elektr ta’minoti tizimi deputatlar nazoratida ⚡️🏢
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari deputatlar e’tiborida 🌸🏢
янв.21
🏛 Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📩 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” doirasida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati G.A.Berkinova Bog‘don mahallasida joylashgan 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram tadbirida ishtirok etdi..
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Zuhra G‘oziyeva “Xonbandi” mahallasidagi 7-son DMTTda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Asad Ergashev “Oqtom” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA QONUNCHILIK VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashi Doimiy komissiyaning navbatdagi yig'ilishi o’tkazildi.

 2024 yil 21 avgust kuni Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashining Agrar suv xo'jaligi masalalari va ekologiya bo'yicha doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi. 

 Yig'ilishda Doimiy komissiya raisi J.Muyassarov, a'zolari va tegishli tashkilotlar Tuman hokimligi qishloq va suv xo'jaligi bo'limi mutaxassisi, Qishloq xo'jaligi vakili U.Sultonov va O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi kadastr agentligi Romitan tuman bo'limi boshlig'i I Hakimov ishtirok etdi.  

 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida tuman hokiminig o‘rinbosari A.Raxmatovning hisoboti eshitildi. 

 O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-apreldagi “Muhandislik
kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-204-sonli qarorining 3-bandi hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha hukumat komissiyasi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi 222-sonli qarori ijrosini ta’minlash belgilangan.
 

 Yig’ilishda yuqoridagi masala yuzasidan tegishli qaror qilindi.  

Slide 1 of 1