Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi e’tiborda 👮‍♂️
янв.21
Elektr ta’minoti tizimi deputatlar nazoratida ⚡️🏢
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari deputatlar e’tiborida 🌸🏢
янв.21
🏛 Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📩 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” doirasida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati G.A.Berkinova Bog‘don mahallasida joylashgan 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram tadbirida ishtirok etdi..
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Zuhra G‘oziyeva “Xonbandi” mahallasidagi 7-son DMTTda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Asad Ergashev “Oqtom” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA QONUNCHILIK VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” Respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi  “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalari tomonidan o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovlar to‘g‘risida”gi KQ-214-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom talablari asosida “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika ko‘rik-tanlovining Muzrabot tuman bosqichi tadbiri o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlov yakunida yo‘nalishlar bo‘yicha nomzodlar orasidan g‘oliblar aniqlanib, xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi raisining faxriy yorliq va  esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra: 

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat organi” nominatsiyasi bo‘yicha Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi direktori Xursanov Botir Hamrayevich

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat-notijorat tashkiloti” nominatsiyasi bo‘yicha Muzrabot tuman “SHIRINTOY BOLALAR” mas’uliyati cheklangan jamiyati nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi Rajabova Matluba Nurullayevna

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik subyekti” nominatsiyasi bo‘yicha Muzrabot tumani “SHAXZODA TEXTIL LEDI” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Abdullayeva Shaxzoda Ibragimovnalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

Slide 1 of 7