Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi e’tiborda 👮‍♂️
янв.21
Elektr ta’minoti tizimi deputatlar nazoratida ⚡️🏢
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari deputatlar e’tiborida 🌸🏢
янв.21
🏛 Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📩 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” doirasida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati G.A.Berkinova Bog‘don mahallasida joylashgan 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram tadbirida ishtirok etdi..
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Zuhra G‘oziyeva “Xonbandi” mahallasidagi 7-son DMTTda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Asad Ergashev “Oqtom” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA QONUNCHILIK VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI
Boysun tumanida energotejamkor uskunalarni keng joriy qilishga bag‘ishlangan ko'rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi

Boysun tumanida energotejamkor uskunalarni keng joriy qilishga bag‘ishlangan ko'rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi     

Boysun tuman prokuraturasining tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar hamda mutaxassislar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2023 yildagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va raqamli energonazorat tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF 77-son farmoni hamda sohaga oid qarorlar ijrosini ta'minlash maqsadida Boysun tumani prokuraturasida ko'rgazmali seminar tashkil etildi.

Seminarda tuman sektor rahbarlari, energetika sohasi mutassadilari, tadbirkorlar, yirik energo iste'molchilar, tijorat banklari, fermerlar ishtirok etdi. 

Seminar davomida ishtirokchilarga elektr energiya va tabiiy gazni iqtisod qilish, tadbirkorlik subyektlarida energo tejamkor uskunalarni keng joriy qilish energoresurslarni talon-taroj qilinishini oldini olish borasida so'z yuritildi.

Shuningdek, energo tejamkor texnologiyalar stat kondensatorlar, quyosh panellari, zamonaviy suv nasos agregatlari va gaz uskunalarining afzalliklari, texnik xususiyatlari haqida ma'lumot berildi.

Slide 1 of 5