Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi e’tiborda 👮‍♂️
янв.21
Elektr ta’minoti tizimi deputatlar nazoratida ⚡️🏢
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari deputatlar e’tiborida 🌸🏢
янв.21
🏛 Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📩 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” doirasida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati G.A.Berkinova Bog‘don mahallasida joylashgan 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram tadbirida ishtirok etdi..
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Zuhra G‘oziyeva “Xonbandi” mahallasidagi 7-son DMTTda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Asad Ergashev “Oqtom” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA QONUNCHILIK VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI
NUROBODDAGI QADAMJO DEPUTATYLAR E`TIBORIDA

Mamlakatimizda sayyohlik imkoniyatlarini kengaytirish, tashqi va ichki turizmni rivojlantirishga bugun har qachongidan ham koʻproq eʼtibor qaratilmoqda. Turizm vositasi orqali Oʻzbekiston xalqining noyob maʼnaviy boyligi hamda tarixiy merosini targʻib etish va shu yoʻl bilan fuqarolarni milliy gʻurur, vatanparvarlik ruxida tarbiyalashni ustuvor vazifasi sifatida belgilab olgan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi, xududiy va mahalliy partiya tashkilotlari tomonidan ham bu borada qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan partiyaning viloyat Kengashi faollari  hamda partiyadan xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashiga saylangan deputatlar bilan hamkorlikda  ziyorat turizmini yanada rivojlantirish maqsadida tumandagi Ostona bobo qadamjosida boʻlishdi va bu yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 
XIII  asrning oxiri XIV asrning boshlarida bunyod etilgan qadamjodagi maqbara va masjid oʻziga xos meʼmoriy yechimiga ega boʻlib, ushbu binolar koʻrkini va mahobatini yoʻqotmagan holda zamonlar osha yashab kelmoqda.
Ayni paytda mazkur qadamjoga koʻngilli sifatida qarab turgan Zokirxon Yusupovning taʼkidlashicha oʻz zamonasida islom dinini aholi oʻrtasida keng targʻib qilib, kishilarni hidoyat sari chorlagan Shayx Murshid Ilyos, Shayx Xudoyquli va Shayx Muhammadlar dafn etilgan  maqbara bugun mahalliy aholi ziyorat qiladigan muqaddas qadamjoga aylangan. 
Zokirxon Yusupovning qayd etishicha bu yerda koʻz ochgan buloqning suvi shifobaxsh boʻlib, turli toshmalarni, yaralarni davolashda yaxshi samara berarmish. Shu bois bemorlar hamon bu yerga shifo istab kelib, darddan forigʻ boʻlib ketayotganlari koʻp ekan. 
Qadamjoni ziyorat qilgan partiya faollari va deputatlar bu yerdagi sharoitlarni yanada yaxshilash, turistlarni jalb etadigan sayyohlik manziliga aylantirish uchun masalani Nurobod tuman Kengashi sessiyasiga olib chiqish yuzasidan kelishib oldilar. 
Darhaqiqat, tarixiy obidalar, jumdadan, meʼmoriy yodgorliklar, qadamjolar va madaniy meros obyektlari millatning tarixi va madaniyati haqidagi bilimlarni kelajak avlodlarga yetkazadi. Bu obidalarni asrab-avaylash va ularni tiklash milliy qadriyatlarni qaytadan anglash va ularni qadrlashga imkon beradi.
Zero, ular millatning oʻtmishi, madaniyati, anʼanalari va gʻururini aks ettiradigan meros hisoblanadi. 

Slide 1 of 6