Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligi holati ustidan deputatlik nazoratini olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Mamatmuratov tomonidan “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari tashkil etildi.
Mazkur o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov, shuningdek “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi N.Kenjayev ishtirok etdi.
O‘rganish yakunlariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar, ko‘rsatmalar hamda huquqiy maslahatlar berildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati