Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi e’tiborda 👮‍♂️
янв.21
Elektr ta’minoti tizimi deputatlar nazoratida ⚡️🏢
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari deputatlar e’tiborida 🌸🏢
янв.21
🏛 Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📩 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” doirasida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati G.A.Berkinova Bog‘don mahallasida joylashgan 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram tadbirida ishtirok etdi..
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Zuhra G‘oziyeva “Xonbandi” mahallasidagi 7-son DMTTda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Asad Ergashev “Oqtom” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA QONUNCHILIK VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI
Mahalla yettili faoliyati o'rganildi

Yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini ta’minlashda mahalla instituti muhim o‘rin tutadi. Mahalla raisi, mahalladagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim, soliq inspektoridan iborat “mahalla yettiligi” bugun tom ma’noda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishda xalqchil tizimga aylanib ulgurdi. 

Davlatimiz rahbarining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida “mahalla yettiligi” tizimining yanada samarali ishlashini tashkil qilish maqsadida  qator vazifalar amaliyotga tatbiq etilmoqda. 

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi rais A.Mirzayev va tuman Kengashi deputatlari A.Egamberdiyev va J.Xisanboyevlar har bir mahallalarda Andijon shahar “Yangi Andijon” misolida “mahalla yettiligi”ning aholi muammolarini hal etishda o‘zaro va hamkor tashkilotlar bilan ishlash tizimini joriy etish, ularning o‘zaro hamkorligi masalalari bilan tanishish, belgilangan ishlar samaradorligini oshirish, mavjud imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanish, kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli taklif va tavsiyalar berdi. 

Slide 1 of 3