Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi e’tiborda 👮‍♂️
янв.21
Elektr ta’minoti tizimi deputatlar nazoratida ⚡️🏢
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari deputatlar e’tiborida 🌸🏢
янв.21
🏛 Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📩 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” doirasida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati G.A.Berkinova Bog‘don mahallasida joylashgan 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram tadbirida ishtirok etdi..
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Zuhra G‘oziyeva “Xonbandi” mahallasidagi 7-son DMTTda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Asad Ergashev “Oqtom” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA QONUNCHILIK VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI
Doimiy komissiyalar va kotibiyat qoʻshma yigʻilishi

📌Bugun 13-iyun kuni Xalq deputatlari Bo'stonliq tumani Kengashi kotibiyati va doimiy komissiyalarining qo'shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

🔹Bo‘stonliq tumanida 2024-yilda investitsiyalarni o‘zlashtirish, eksport va mahalliy sanoat bo‘yicha prognoz ko‘rsatgichlarini bajarilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritalari”da belgilangan loyihalar ijrosi to‘g‘risida;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-153-son qarorini Bo‘stonliq tumanida ijrosi to‘g‘risida;

🔹 Bo‘stonliq tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida;

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni ijrosi to‘g‘risida;

🔹Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi hamda Kengashdagi doimiy komissiyalarning 2024-yilning ikkinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida.

Yig‘ilish yakuni bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 4