Jańalıqlar

Deputat MFYda xotin-qizlarning tikuvchilik sohasidagi faoliyati bilan tanishib, ularning mehnat sharoitlari va yaratilgan imkoniyatlarni ko’zdan kechirdi.

Xalq deputatlari Romiatn tuman Kengashi deputati 19-Xo’jaubbon saylov okrugi deputati Atoyeva Raxima Kamolovna Xo’jaubbon MFYda xotin-qizlarning tikuvchilik sohasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida tikuvchilik bilan shug’ullanayotgan xotin-qizlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, ish joylarining jihozlanganlik darajasi hamda ish jarayoni tashkil etilishi ko’zdan kechirildi. Shuningdek, ularning kasbiy mahoratini oshirish, yangi buyurtmalar bilan ta’minlash va mahsulot sifatini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi. 

Suhbat jarayonida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish bilan qamrab olish, oilaviy daromadni oshirish hamda o’zini o’zi band qilish orqali farovonlikni mustahkamlash, mahsulotlarni bozorga chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1