Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI
янв.21
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI
янв.21
DEPUTATNING SAYLOVChILAR BILAN UChRAShUVI
янв.21
DEPUTATNING SAYLOVChILAR BILAN UChRAShUVI
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШУВ
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШУВ
янв.21
2022-yil 7-mart kunidagi PF-87-sonli farmoni Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari ijrosi to‘g‘risida
янв.21
SAYLOVChILAR BILAN UChRAShUV
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШУВ
янв.21
Xalq deputatlari Denov tumani Kengashi deputati Abduraimov Mamadi Denov tumani “Xo‘jahalqi” mahallasidagi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Inson hayoti bebaho neʼmat, u barcha narsadan ustun

 Xiva shahridagi Shixlar va Yangi turmush mahallalarida “Inson hayoti bebaho neʼmat, u barcha narsadan ustun” tamoyili asosidagi “Ogoh boʻling-is gazi” targʻibot-tashviqot aksiyasi doirasida aholi bilan boʻlgan uchrashuvlarda tushuntirish ishlari olib borildi. 

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputat yordamchisi G.Karimova, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Bobajanov,OʻzLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari I.Fayzullayev, FVB xodimlari, mahalla faollari va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi. 

Aholi xonadonlarida isitish tizimlarini muntazam tekshirish va taʼmirlab borish, xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilish, is gazining xavfliligi va undan saqlanish boʻyicha mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuncha berildi.  

“Ogoh boʻling-is gazi” aksiyasi doirasida shu kunning oʻzida mahalladagi kam taʼminlangan, ijtimoiy koʻmakka muhtoj oila xonadonlariga partiya tashabbusi hamda begʻaraz koʻmak sifatida is gazini aniqlaydigan uskunalar oʻrnatib berildi. Bu uskunalar gaz sizib chiqish xavfini tezda aniqlash imkoniyatini beradi hamda bu vaziyatlar haqda oldindan ogohlantiradi.  

Tadbirlar davomida is gazi chiqqanda ogohlantiruvchi uskunalarni oʻrnatish, ushbu uskunaning afzalliklari, undan foydalanish qoidalari tushuntirilmoqda. Uskunalar yordamida is gazining mavjudligini tezda aniqlash va shaxslarni xavfsiz hududga koʻchirish mumkin, bu esa odamlarning salomatligini himoya qilishga xizmat qiladi. 

Tadbirlar davomida is gazidan himoya qilishning muhimligi va xavfli holatlar yuzasidan oldindan ogohlantirish zarurligi haqida koʻrsatmalar berildi. Shuningdek, uchrashuvlar davomida koʻplab aholi vakillari is gazining kelib chiqish sabablarini aniqlash va bunday holatlarning oldini olish uchun qanday choralar koʻrilishi kerakligi
haqida amaliy maslahatlar olishdi. 

Slide 1 of 4