Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining 2026-yil 7-apreldagi VII-17-21-8-114-K/26-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-son Farmoni asosida tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ijtimoiy reyestrga kiritilgan, I guruh nogironligi bo‘lgan hamda mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lmagan 31 nafar oilaning xonadonini energiya tejamkor usulda ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘rganish davomida deputat M.Namozov mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro Jo‘raeva Mengxol xonadonida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan ham tanishib, ularning sifati va belgilangan loyiha asosida bajarilishini ko‘zdan kechirdi.
Hududlarda amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari deputatlar nazoratida bo‘lib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.