Jańalıqlar

QURILISH KOTIBIYATIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI

QURILISH KOTIBIYATIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev, doimiy komissiya a’zolari S. Gapparova va 

Sh. To‘raboyeva, kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va 

M. Abdulmajidov tomonidan Namangan shahar hokimligining Qurilish kotibiyatida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida Qurilish kotibiyatining tegishli yo‘nalishdagi faoliyati, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, qurilish va infratuzilma obyektlariga oid hujjatlar hamda belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishildi.

Shuningdek, hududlarda qurilish-ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida tashkil etish, infratuzilma obyektlarining mavsumga tayyorligini ta’minlash va mavjud masalalarni belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Jarayonda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, mavjud muammolarni oldindan aniqlash, belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish hamda tegishli tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

Mazkur o‘rganishlar mahalliy Kengash faoliyati doirasida mas’ul tuzilmalar ishini tahlil qilish, mavsumga tayyorgarlik jarayonlarini nazorat qilish va aholi uchun zarur sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan.

Slide 1 of 3