Jańalıqlar

20 MILLION DOLLARLIK SAVDO MARKAZI LOYIHASI TAQDIM ETILDI

20 MILLION DOLLARLIK SAVDO MARKAZI LOYIHASI TAQDIM ETILDI

🏙 Namangan shahrida investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov Xitoylik investor Ya Fang bilan uchrashib, istiqbolli investitsiya loyihalari yuzasidan fikr almashdi.

🤝 Muloqot davomida investor tomonidan «Cang Tuo» MChJ orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan, umumiy qiymati 

20 million AQSh dollariga teng xo‘jalik mollari savdo markazini tashkil etish loyihasi taqdim etildi.

Uchrashuvda loyihaning iqtisodiy samaradorligini oshirish, uni amalga oshirish mexanizmlarini atroflicha o‘rganish hamda belgilangan tartibda hayotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shahar hokimi tomonidan tegishli mas’ullarga zarur choralarni ko‘rish va loyiha ijrosini jadallashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

📈 Mazkur loyiha Namangan shahrining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, savdo infratuzilmasini rivojlantirish hamda tadbirkorlik aloqalarini kengaytirish uchun istiqbolli tashabbus sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Uchrashuv yakunida xitoylik investor bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, yangi investitsiya yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish va kelgusidagi hamkorlik ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 3