Jańalıqlar

🏘️ KO'CHABOSHILAR BILAN MAHALLADA MUAMMOLAR MANZILLI O‘RGANILMOQDA

📍 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan Yangiobod mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi bilan bevosita muloqot qilgan holda mavjud muammolar o‘rganilmoqda.
🔎 O‘rganishlar davomida:
fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy va maishiy muammolar;
ko‘chalar infratuzilmasi va obodonlashtirish holati;
ichki yo‘llar, yoritish va boshqa zarur masalalar;
aholi tomonidan bildirilayotgan taklif va murojaatlar atroflicha o‘rganilmoqda.
🤝 Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, aholi murojaatlariga amaliy yechim topish va hududni yanada obod qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📌 Maqsad — aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, muammolarni joyida aniqlash va ularning yechimini ta’minlash.