Deputatlar — xalq vakili. Ularning asosiy vazifalaridan biri aholi muammolarini o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashishdir.
♻️Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 8-okrug deputati N.Muxitdinova tomonidan Sortepa mahallasida aholi murojaatlari asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
♻️O‘rganish davomida mahallani maktab bilan bog‘lovchi ichki ko‘chalar yo‘llarining holati ko‘zdan kechirildi.
♻️Mazkur yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish masalalari o‘rganildi.
♻️Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan takliflar bildirildi.