Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati X.Saidova ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi
Uchrashuvda yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash hamda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish masalalari muhokama qilindi. Deputat yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni tinglab, ularning yechimi boʻyicha chora-tadbirlar belgiladi.
Baxmal tuman Kengashi deputatlari yosh avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning muammolarini bartaraf etish borasida faol ish olib bormoqda.