Jańalıqlar

#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi #162_qonun Deputatlik nazorati: qonun hujjatlari ijrosi va tashkilotlar faoliyati tahlil qilindi
Mahalliy Kengash deputatlarining shahar tashkilotlari bilan hamkorligini kuchaytirish, qonun hujjatlari va davlat dasturlarining joylarda ijrosini ta’minlash hamda deputatlik nazoratini samarali tashkil etish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati G.Tangirova, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ekspert guruhi a’zosi X.Xolmuminov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov ishtirokida Termiz shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limining bugungi kundagi faoliyati tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida bo‘lim tomonidan hududda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash hamda ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, Mahalliy Kengash deputatlariga biriktirilgan 162 ta qonun hujjati doirasida bo‘lim faoliyatining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, belgilangan vazifalarning ijrosi va joylarda olib borilayotgan ishlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Ayniqsa, mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash, ularning murojaatlarini o‘rganish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, muammoli oilalar bilan manzilli ishlash, bandlik va tadbirkorlikka yo‘naltirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tahlil davomida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilashga e’tibor qaratildi.

Deputatlik nazoratining bunday shakldagi o‘rganishlari hududdagi tashkilotlar faoliyatini qonunchilik talablari asosida tahlil qilish, aniqlangan muammolarga amaliy yechim topish va aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.