Jańalıqlar

23-sonli umumta’lim maktabining sport zali faoliyati o‘rganildi

 23-sonli umumta’lim maktabining sport zali faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev, kotibiyat bosh mutaxassislari A.Nurmatov, M.Abdulmajidov hamda shahar Kengashi deputati G.Raximova ishtirokida 23-sonli umumta’lim maktabining sport zalida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, sport anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda sport mashg‘ulotlarining tashkil etilishi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va sportga qiziqishni yanada oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Slide 1 of 3