35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

346-SONLI DMTTDA TA’MIRLASH SIFATI NAZORATDAN O‘TKAZILDI

#Komissiya_nazorati #haftalik_ish_reja_doirasida #Open_byudjet

346-SONLI DMTTDA TA’MIRLASH SIFATI NAZORATDAN O‘TKAZILDI

⏫️ 2026-yil “Tashabbusli byudjet” jarayonining I mavsumida g‘olib bo‘lgan loyiha asosida 346-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarining holati komissiya a’zolari ishtirokida joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

🕯 Loyiha doirasida barcha hojatxonalar, kanalizatsiya tizimi va yerto‘la quvurlarini, binoning issiqlik tizimini, shuningdek, tashqi va ichki sovuq suv hamda oqova suv kommunikatsiya tarmoqlarini ta’mirlash ishlari belgilangan.

📝 O‘rganish davomida bajarilgan ishlarning loyiha hujjatlariga muvofiqligi ko‘rib chiqilib, loyiha talablaridan chetga chiqilgan va yakuniga yetkazilmagan ishlar yuzasidan pudratchi tashkilotning mas’ul vakiliga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

📈 Aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish, qolgan ishlarni loyiha talablari asosida sifatli yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirishga tayyorlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

💼 Jarayonda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Jafar Ismanov boshchiligida doimiy komissiya raislari Jamshid Karimov, Avaz Xudayberganov hamda kotibiyat mudiri Anvar Usmanov ishtirok etdi.

Slide 1 of 8