35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Bog‘ishamol” mahallasida ishsiz va kam daromadli oilalar bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi

Termiz shahridagi mahallalarda obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni aniqlab, ularni amaliy hal etish yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, 14-“Alpomish” saylov okrugidan saylangan deputat A.Choriyev tomonidan Termiz shahridagi “Bog‘ishamol” mahallasida mahalla vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi mavjud holat va amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur jarayonda mahalla vakillarining faoliyati Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Eng muhim 24 ta yo‘nalish” mezonlari asosida tahlil qilindi. Xususan, mahalla yettiligining o‘zaro hamkorligi, aholi bilan ishlash samaradorligi, fuqarolarning muammolarini aniqlash va manzilli hal etish, murojaatlar bilan ishlash hamda hududda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, ishsiz va kam daromadli oilalar bilan ishlash, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, oilalarning barqaror daromad manbalarini shakllantirish hamda ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalarni chuqur o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va natijadorligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Mahallada aniqlangan muammolarni faqat qayd etibgina qolmasdan, ularning yechimi bo‘yicha aniq choralar belgilash zarurligi ta’kidlandi.

Jarayonda Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Sh.Boyqulov, Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengash deputati Sh.Allamurodova, kotibiyat xodimlari hamda “mahalla yettiligi” vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv yakunida mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi bilan ochiq va manzilli muloqotni kuchaytirish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.

Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash, yechimni belgilash va natijani nazorat qilishning muhim vositasidir.

Slide 1 of 1