Jańalıqlar

DEPUTAT TASHABBUSI BILAN BANDLIK TA’MINLANDI

Korxonada polietilen plyonka chiqindilaridan granula ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha deputat tashabbusi bilan 2 nafar fuqaro — Yoqubov Bunyod va Iskandarov Farrux doimiy ish bilan ta’minlandi.

Bunday amaliy tashabbuslar aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qiladi.

Aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.