35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

TADBIRKORLIK RIVOJI: IJRO HOLATI O‘RGANILADI

TADBIRKORLIK RIVOJI: IJRO HOLATI O‘RGANILADI

Bugun, 10-sentabr kuni soat 15:00 da Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

📌 Yig‘ilish kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan “Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining tumandagi ijrosini o‘rganish masalasi o‘rin olgan.

🔎 Yig‘ilish davomida qarorda belgilangan vazifalarning tumanda ijro etilishi, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar muhokama qilinadi.