35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

🍎 MAKTAB OSHXONASIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI HOLATI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, “Adolat” SDP a’zosi, 19-Eshon qal’a saylov okrugidan saylangan deputat Shodonova Dilorom Qadamovna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Ro‘zmetov tomonidan 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi oshxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.
📖 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-1023-son ijrosi yuzasidan oshxonadagi oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish sharoiti, sifati va yaroqlilik muddati ko‘zdan kechirildi.
🤝 O‘rganish davomida oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan talablarga muvofiq saqlash, sanitariya qoidalariga rioya qilish hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3