🏗 PF-223-sonli dastur doirasida Shovot tumanining Eshon qal’a mahallasida qurilib, foydalanishga topshirilgan 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining sport zali holati o‘rganildi.
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, “Adolat” SDP a’zosi, 19-Eshon qal’a saylov okrugidan saylangan deputat Shodonova Dilorom Qadamovna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan maktab direktori bilan birgalikda o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida sport zalining holati, undan foydalanish imkoniyatlari hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
⚽️ Yoshlar salomatligi va barkamol avlod tarbiyasida sportning o‘rni beqiyos!