35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#tuman_hokimi

Toyloq tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Behzod Raxmatullayev yoshlar maslahat guruhi hamda 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 11-sinf bitiruvchi o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

✔️Muloqot davomida bitiruvchilarning ta’limdagi yutuqlari, kelgusidagi rejalari hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha maqsadlari haqida fikr almashildi.

✔️Tuman hokimi yoshlarni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallash, o‘z ustida muntazam ishlash, yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishga chaqirdi. Shuningdek, har bir bitiruvchining kelajakdagi kasb tanlovi va hayotiy maqsadlari yuzasidan samimiy suhbatlashildi.

✔️Uchrashuv yakunida bitiruvchilarga kelgusi o‘qish va mehnat faoliyatida muvaffaqiyat tilanib, ularga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

Slide 1 of 4