35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#162_qonun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari ijrosi doirasida “Adas” mahallasida yo‘lbo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Jarayonda 11-Adas saylov okrugidan saylangan deputat A. Usmonov hamda tuman kotibiyat mudiri N. Mo‘minova ishtirok etdi.

📍 Xususan, aholi gavjum “Toyloq–Urgut” yo‘nalishidagi 4P50 avtomobil yo‘li bo‘yida joylashgan 1,4 kilometr uzunlikdagi ochiq kollektor tarmoqlarini yopiq drenaj tizimiga aylantirish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlar hududni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi va transport harakati uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3