35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Yoshlar kelajagi — e’tibor va mas’uliyatdan boshlanadi!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sh.To‘raqulova tomonidan Istiqlol mahallasida O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-263-son Qonuni ijrosi o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, yoshlar bilan profilaktik ishlarni samarali tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

🤝 Har bir bola e’tiborda, har bir taqdir mas’uliyatimizda!
Zero, yosh avlodning sog‘lom va xavfsiz muhitda voyaga yetishi — jamiyatimiz kelajagining muhim poydevoridir.

Slide 1 of 3