Ekspert guruhi faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzurida tuzulgan Ekspert guruhi a’zosi A.Axmurodov Aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida ma’naviy-axloqiy muhitni yanada mustahkamlash, turli og‘ir hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, muammolardan to‘g‘ri va oqilona chiqish yo‘llarini tushuntirish hamda sabr-qanoat, shukronalik va bag‘rikenglik kabi insoniy fazilatlarni targ‘ib etish maqsadida yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
✅Tadbirlar davomida ”Hayot go`zal” va “Har bir og‘ir holatdan chiqish yo‘lini topish — insonga berilgan sinovdan o‘tish” mavzusida suhbat va ochiq muloqotlar o‘tkazildi.