35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Saylovchi murojaati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 11-“O‘rmonbog‘” saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning ijtimoiy masalalari va mavjud muammolarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, Burchilik 2-manzilida joylashgan ko‘p qavatli uyda yashovchi D.Jabborova tomonidan ijtimoiy tizim orqali taqdim etiladigan vaucher masalasida murojaat qilindi.

Murojaat deputat tomonidan atroflicha tinglanib, fuqaroning ijtimoiy holati hamda vaucher olish bilan bog‘liq masalani amaldagi tartib asosida ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli choralarni belgilash masalasi muhokama qilindi.

Murojaatni ijobiy hal etish maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur amaliy yordam ko‘rsatish va murojaat natijasini nazoratga olish belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3